Smartup Academy
O‘zbekistonning raqamli kelajagini rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy loyiha

Bugun biz sizga O’zbekistonning iqtidorli yoshlariga IT sohasi olamiga qadam qo’yish, talab qilinadigan ko’nikmalarni egallash va muvaffaqiyatli kar’yera qurish uchun noyob imkoniyatni taqdim etuvchi Smartup Academy haqida so’zlab bermoqchimiz. Loyiha ijtimoiy maqomga ega, shuning uchun o’qitish bepul va Green White Solutions tomonidan qoplanadi.

Ushbu Green White Solutions loyihasi oddiy g‘oyadan boshlangan — yuqori texnologiyalarga qiziquvchi va o‘z kelajagini shu bilan bog‘lashni orzu qiladigan yoshlar uchun ta’lim platformasini yaratish. 2022 yilda orzu kompaniyaning asosiy ishlanmasi — Smartup nomini olgan to’liq huquqli Akademiyaga aylandi!
2022-yil avgust oyidan boshlab akademiya darslarida qatnashib, ularni maktab darslari bilan birlashtira oladigan 9−11-sinflar o’quvchilarini qabul qilish faol boshlandi. Loyiha poytaxtimizning Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi — natijada 700 dan ortiq arizalar kelib tushdi. Test sinovlaridan o‘tib, 54 nafar talaba akademiyaning birinchi tinglovchilariga aylandi.

Bir yil davomida dastur ishtirokchilari IT olamiga sho‘ng‘ishadi, dasturlash asoslarini, mobil ilovalarni ishlab chiqish, JAVA da Backend ishlanmalarini va boshqa tegishli mavzularni o‘rganadilar. O‘quv dasturi tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga muvaffaqiyatli ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan eng foydali bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
— deya o‘rtoqlashdi Smartup Academy loyihasi rahbari Nilufar Jumaeva
Talabalar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda mahorat saboqlari va treninglarda ham qatnashib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari, qimmatli tajriba orttirishlari mumkin.
O’quv jarayoni 3 bosqichdan iborat:

1- bosqich -3 oylik: dasturlash asoslari va algoritmlari
2-bosqich — 6 oylik: tanlangan sohada trening (masalan, JAVA da backend ishlab chiqish)
3-bosqich — 3 oylik: amaliy qism, unda ishtirokchilar guruhda ishlashadi, o’z loyihasini yaratadilar.

O‘qishning birinchi yili Akademiyani kengaytirish zarurligini isbotladi — axir mamlakatning turli hududlaridan ko‘plab yoshlar Smartup Academyda o‘qish istagini bildirishdi.

Darslarda bevosita qatnashish shartiga qaramay, O‘zbekistonning turli hududlaridan abituriyentlar istovchilar ko’p bo’ldi. Akademiya kengayib, yoshlar orasida mashhur bo‘ldi.
Smartup Akademiyasi raqamlarda:
Xojiakbar Saidrasulov 2023-yilda Jizzax viloyatidan o‘qishga kelgan. U uchun bu mamlakatning yetakchi mutaxassislaridan chuqur bilim olish imkoniyati va muhimi — barchasi bepul.
"Darslar juda qiziqarli va mazmunli. O’qituvchilar o’zlarining qimmatli tajribalari va bilimlari bilan o’rtoqlashadilar. Har bir darsda men yangi narsalarni o’rganaman va amaliy ko’nikmalarni rivojlantiraman. Kelajakda men muvaffaqiyatli dasturchi yoki IT mutaxassisi bo’lishni rejalashtiryapman.

Agar Green White Solutions kompaniyasidan taklif tushsa, men uni qabul qilaman va shu yerda ishlashda davom etaman. Chunki kompaniyada bilim va tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar mavjud va bu yerda ishlash orqali bilimimni boyitish va balki yaqin kelakakda Akademiyada dars berish imkoniyatiga ega bo‘laman. Men Smartup Akademiyasini yaxshi ko’raman!!!"
Xojiakbar Saidrasulov, Smartup Akademiyasi talabasi.
Bitiruvchilarning ilk oqimi bu kabi ijtimoiy loyihalar mamlakatimiz uchun juda zarur va muhim ekanini isbotladi. Quvonarlisi, ushbu oqimning 3 nafar bitiruvchisi hozirda Green White Solutions kompaniyasining xodimlariga aylanishdi va kompaniya ishlanmalari ustidaa mehnat qilishmoqda. Akademiyada muvaffaqiyatli o’qigandan so’ng, Asadbek Akmalov GWSga ishga taklif qilindi va u taklifni qabul qildi.
"2022-yilda litseyni tamomlaganimdan so‘ng IT-o‘quv kurslarini izlay boshladim. Do’stim menga Smartup Academyni tavsiya qildi va bir oydan kamroq vaqt ichida men talaba bo’ldim. O’qishimni muvaffaqiyatli tugatganimdan so’ng rahbariyatdan kutilmagan taklif oldim — shu yerda qolish va GWS jamoasining bir qismi bo’lish. Men taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim! Menga kompaniyada hukm surayotgan do’stona muhit, o’sish va rivojlanish imkoniyati yoqadi va, albatta, bu sohani amalda o’rganishni davom ettirsh mumkinligii. Smartup Akademiyasiga rahmat! Men o’z orzuimga erishdim, o’zim yoqtirgan ish bilan shug’ullanaman va hamfikrlar davrasida xalq va mamlakatga foyda keltiraman! Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman!"
Asadbek Akmalov, Smartup Akademiyasi talabasi.
Smartup Academy nafaqat o’rgatadi, balki o’z talabalarini ijtimoiylashtiradi. Do‘stona muhit yaratish va murabbiylarning e’tibori yoshlarga yangi sharoitlarga moslashishga, hamfikrlarni topishga va IT hamjamiyatida mustahkam aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi. Akademiyada o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlash bitiruvchilar uchun keng imkoniyatlar ochadi. Ular IT-kompaniyalarda yaxshi maoshli ishlarni topishlari, frilanser bo’lishlari yoki nufuzli universitetlarda o’qishlarini davom ettirishlari mumkin.
Smartup Akademiyasi shunchaki ta’lim muassasasi emas. Bu yoshlar hayotini o‘zgartiruvchi, ularga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va jadal rivojlanayotgan IT-sohasining bir qismiga aylanish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy loyihadir.
Biz bilan bog'lanish
Biznesni soddalashtirib, hayotni yaxshilaymiz
©Green White LLC 2012-2024. All rights reserved
MENU
Ijtimoiy tarmoqlarda bizga obuna bo'ling