O‘zbekistondagi universitetlar o‘z dasturlarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Chunki dasturchi o'zi hech narsa yarata olmaydi. Unga rahbarlik qilish, bilim berish va tegishli ko'nikmalarni singdirish kerak.
Butun dunyoda IT sohasi hali ham nisbatan yangi. Shu bois, kadrlar yetishmovchiligi bu yerda ayniqsa seziladi.
O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun Amazon Web Service va bulutli xosting kabi ma’lumotlar markazlari ko'proq kerak. Bu nafaqat mahalliy ishlab chiquvchilar uchun, balki mahalliy biznes uchun ham katta imkoniyat bo'ladi. Hozir bizda mavjud yechimlar beqaror, sifatsiz va masalan, qo‘shni Qozog‘istonnikidan bir necha barobar qimmat narxga ega.
Konsalting xizmatlari ham yetishmaydi. Bizga koʻproq maslahatchilar, mutaxassislar tayyorlash kurslari va kovorking markazlari kerak. Men o‘z kovorking markazimni yaratishni rejalashtirganman, u yerda IT-mutaxassislarini tayyorlayman va startaplarni rivojlantirishga yordam beraman.
Yana bir muhim jihat: xorijga ketayotgan mutaxassislarni saqlab qolish uchun nafaqat ishlash, balki hordiq chiqarishi uchun ham sharoit yaratish kerak. Ishdagi stressli kundan keyin, katta loyihani tugatgandan so'ng, odam dam olishi kerak. Bizda turizm va ko‘ngilochar industriyada sifatli hordiq chiqarish imkoniyatlari yetarli emas. Bu haqda menga xorijga ketgan ko'plab do'stlar aytib berishadi.