Maqolalar

Global IT sohasi

2024-11-13 16:46
Butun dunyoda IT sohasi hali ham nisbatan yangi hisoblanadi. Shu bois, kadrlar yetishmovchiligi bu yerda ayniqsa seziladi.

O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun Amazon Web Service va bulutli xosting kabi ko‘proq ma’lumotlar markazlari kerak. Bu nafaqat mahalliy ishlab chiquvchilar uchun, balki mahalliy korxonalar uchun ham foydali bo'ladi. Hozir bizda mavjud IT yechimlar ishlashda beqaror, sifatsiz va masalan, qo‘shni Qozog‘iston bilan solishtirganda narxi - bir necha barobar qimmat.

Bizda konsalting xizmatlari ham yetishmaydi. Bozorimizga koʻproq maslahatchilar, mutaxassislar tayyorlash kurslari va kovorking markazlari kerak. Men o‘z kovorking markazimni yaratishni rejalashtirganman, u yerda men IT-mutaxassislarini tayyorlayman va startaplarni rivojlantirishga yordam beraman.

Yana bir muhim jihat: xorijga ketayotgan mutaxassislarni saqlab qolish uchun nafaqat ishlash, balki hordiq chiqarishi uchun ham sharoit yaratish kerak. Ishdagi stressli kundan keyin, katta loyihani tugatgandan so'ng, odam dam olishi kerak. Bizda turizm va ko‘ngilochar industriyada sifatli hordiq chiqarish imkoniyatlari yetarli emas. Bu haqda menga xorijga ketgan ko'plab do'stlarim aytib berishadi.

O‘zim O‘zbekistonni tark etishni rejalashtirmayman; “hammasi tayyor”ga borishdan ko‘ra, vatanimda muvaffaqiyatga erishish uchun sharoit yaratishni afzal ko‘raman.